Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey bitiruvchilari uchun tashkil etilgan uchrashuvda Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi hamda qabul jarayoniga mas’ul xodimlar tomonidan TDYUga qabulning shaffof va ochiq tartiblari, suhbat asosidagi saralash jarayoni, qo‘shma ta’limning afzalliklari va istiqbollari haqida ma’lumotlar berildi.
Litsey bitiruvchilari mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.