Universitetning tyutorlari uchun tashkil etilgan treningda TDYU birinchi prorektori Ahrorxon Hoshimxonov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Sherzod Po‘lotov, Transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Botirjon Qosimov, universitet psixologi Farangis Sharipova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari hamda barcha fakultetlarning tyutorlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida mutaxasislar tomonidan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga berilgan imtiyozlar va rag‘batlardan foydalanish jarayonlari, iqtidorli talabalar bilan ishlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, talabalarning muammolarini ijobiy hal etish choralarini ko‘rish va ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalarning yashash holidan xabar olish uchun rejalar tuzish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.