Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Huquq maktabi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

Ikki yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlovning g‘oliblari aniqlandi.

Xususan, “Huquq maktabi” mobil ilovasiga foydalanuvchilarni jalb etish va ushbu ilovani targ‘ib qilish yo‘nalishida Asilbek Ibrohimov, “Huquq maktabi” ilovasidan ro‘yxatdan o‘tib, ilova orqali turli kurslarda qatnashish va testlarni yechib, “Oltin sertifikat”ga ega bo‘lish yo‘nalishida esa Jamshid Sultonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari TDYU rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov tomonidan maxsus sertifikat va iPhone 16 Pro bilan taqdirlandi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar