Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda TDYU rektori v.b., professor, yuridik fanlar doktori Islambek Rustambekov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov, TDYU Ommaviy huquq fakulteti dekani, professor, yuridik fanlar nomzodi Shaxzod Saydullaev, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori Fitrat Umirov, Ekologiya huquqi kafedrasi mudiri o‘rinbosari Juma Xolmo‘minov, Bandlik (karyera) bo‘limi boshlig‘i Jasur Ahmedov, bo‘lim mutaxassisi Aziza Ismoilova ishtirok etdi.

Ekologiya va yurisprudensiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasida innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida imzolangan memorandum doirasida talabalarni amaliyotga jalb qilish, amaliyot kafedrasini tashkil etish hamda ekologiya va yuridik sohalar uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha alohida klub tashkil etish masalasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida TDYU talabalari uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish, ekologiya sohasida ishga joylashishlariga ko‘maklashish maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va innovatsiyalarni bevosita o‘rganish uchun qulay sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, talabalarning ekologiya sohasida kelajakda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar