Toshkent davlat yuridik univeristeti Fuqarolik huquqi kafedrasining “Benefit” to‘garagi tomonidan talabalarning o‘qishdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Iste’molchi huquqlarini himoya qilish” fani yuzasidan olimpiada tashkil etildi.
Xususiy huquq fakulteti talabalari ishtirok etgan olimpiada 2 bosqichda o‘tkazildi.
1-bosqichda talabalar 6 kishidan iborat jamoalarga bo‘lingan holda fan doirasida tuzilgan savollarga javob qaytardi.
2-bosqichda esa birinchi bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta jamoa a’zolari individual tarzda berilgan testlarni yechdi.
Tanlov yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Aziza Abbosova
2-o‘rin — Nargiza Axtamova
3-o‘rin — Durdona Hamroyeva va Mironshoh Narzulloyev
Abror Karimov esa “Eng faol talaba” nominatsiyasida g‘olib topildi.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.