“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi “O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida tashkil etilgan anjumanda qator mahalliy ekspertlar bilan birgalikda, Janubiy Koreaning Mokvon universiteti professori Ik Hyoen Rhee, Qozog‘iston Turon universiteti professori Jolimbet Baishev, Turkiya Prezidenti huzuridagi Turkiya farovonlik jamg‘armasi assotsiatsiyasi, Istambul moliya markazining Yuridik masalalar va jamoatchilik bilan aloqalar departamanti direktori Hasan Ali Kulak, Irlandiyaning Dublin universiteti professori Abel Polese, Finlandiyaning Helsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi rahbari Tuya Braks, Litvaning Turiba universiteti professori Raymundas Kalesnikas, Shvetsiyaning Lund universiteti professori Patrik Olsson, AQSHning Kent universiteti Xalqaro ta’lim bo‘yicha vitse-prezidenti Marcello Fantoni, Polshaning Gdansk universiteti professori Malgozata Stvol kabi xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasida saylovlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, davlatimizda huquqiy islohotlarning qonun ustuvorligi va inson huquqlarini mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi.