Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va AQSHning Yuta shtati universitetlari va huquq maktablari o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

AQSHning Yuta shtati delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari TDYU xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori Dr. Axtam Yakubov, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘I, Dr. Fitrat umirov hamda universitet vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yuta shtatining universitetlari va huquq maktablari bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, TDYU talabalarining mazkur shtatdagi huquq maktablarida magistratura (LLM) dasturlarida tahsil olish imkoniyatlarini yaratish, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun TDYUda grant asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalri muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida TDYU va uning akademik litseylarda “Ingliz tili muloqoti” kurslarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv Toshkent davlat yuridik universiteti va AQSHning Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va global ta’lim hamkorligini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar