Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga ishga kirish tartibi, Akademiyada xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishni istovchilar uchun imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.