Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“SCOPUS Camp” haftaligi doirasida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan anjumanda jamg‘arma raisi, akademik Oqil Salimov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev, Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor, yuridik fanlar doktori Axtam Yakubov, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori Fitrat Umirov, shuningdek, Indoneziyadan kelgan nufuzli ekspertlar Dr. Abdul Kadeer Jaelani, Dr. Sukron Mamud, Dr. Salahuddin, Dr. Jihadul Hayat hamda TDYU professor-o‘qituvchilari va doktorantlari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilishi marosimida so‘z olganlar bu kabi konferensiyalar universitetning ilmiy faoliyatini rivojlantirish va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlar bo‘lishini alohida ta’kidladi. Qayd etilganidek, kelgusida bunday ilmiy konferensiyalarni muntazam o‘tkazish, yosh olim va tadqiqotchilar uchun trening va seminarlar tashkil etish hamda SCOPUS va boshqa xalqaro ilmiy bazalarda universitet maqomining mustahkamlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Konferensiya davomida ishtirokchilarga xalqaro ekspertlar tomonidan SCOPUS indeksiga ega xalqaro jurnallarda ilmiy maqola nashr etish, ilmiy maqola yozish texnikasi, tadqiqot natijalarini ilmiy anjumanlarda taqdim etish va maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar saralab olinib, ularning xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilishi belgilandi. Saralash jarayonida asosiy e’tibor maqolalarning ilmiy dolzarbligi, innovatsion yondashuvi va xalqaro standartlarga mosligiga qaratildi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar