Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shuhrat Ro‘zinazarovga akademik unvoni berildi

Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi institutining Turon fanlar akademiyasi prezidiumining 2024-yil 30-iyun sanasidagi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi professori Shuhrat Ro‘zinazarovga akademik ilmiy unvoni berildi.

Ma’lumot uchun: Shuhrat Ro‘zinazarov 900 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta darslik, 3 ta amaliy qo‘llanma, 20 ta monografiya, 8 ta risola (o‘zi va hammualliflikda) muallifidir. U 25 dan ortiq darslik va amaliy qo‘llanmalar (muallifi, tuzuvchisi, mas’ul muharriri), 6 ta kodeks va qonunlarga sharhlar, 650 ga yaqin qonun loyihalariga ekspertlik xulosalarini tayyorlashda ishtirok etgan va 60 dan ortiq elektron nashrlarda maqolalar chop etgan. 4 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi, 21 ta davlat ilmiy-tadqiqot loyihalarining rahbari va a’zosi sifatida dolzarb va istiqbolli mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Huquqshunos olim o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lib, uning rahbarligida 3 ta doktorlik (DSc), 5 ta nomzodlik, 3 ta yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 70 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari bajarilgan. Sh.Ro‘zinarazov 150 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasiga rasmiy opponentlik qilgan.

Shuningdek, huquqshunos olim o‘z tadqiqotlarida yangi istiqbolli kompleks huquq sohasi sifatida milliy huquqiy tizimda raqamli huquq o‘quv fanining konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab bergan. Bu borada huquqshunos olim kodekslashtirishning zamonaviy tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Raqamli kodeks loyihasining ilmiy Konsepsiyasini o‘z tashabbusi bilan ishlab chiqdi.

Akademik Sh.Ro‘zinazarov “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni (2006-yil), “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni (2011-yil), “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni (2021-yil), “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni (2022-yil), Turon Fanlar akademiyasi ko‘krak nishoni (2024) bilan taqdirlangan. Shuningdek, Sh.Ro‘zinazarovga sud va adliya organlari tizimidagi uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun 1- darajali adliya maslahatchisi martaba darajasi berilgan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar