Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Yokohama Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi mudiri Rustam Xursanov, Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Doniyor Abduazizov hamda Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayevdan iborat TDYU delegatsiyasi Yaponiyaning Yokohama Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Yokohama Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Taku Vatanabe, Huquq maktabi professori Takemasa Sekine va Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Daichi Fujita bilan uchrashuv tashkil etilib, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Yokohama Milliy universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar