Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Adliya vazirligining 2024-yil Yoshlar bilan ishlash dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Turkiston va Qahramon mahallarida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar uchun TDYU va Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida ishtirokchilar muzeydagi eksponatlar bilan tanishish bilan birga Temuriylar sulolasining tarixi, muzeyning yaratilishi, Temuriylar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Sayohat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ularning aksariyati huquqshunos bo‘lish istagida ekanini, sayohatdan so‘ng bu ishtiyoq yanada oshganini aytishdi.