Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Sayidkomil Ibodullayev Yokohama Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlar uchun ma’ruza qildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayev Yokohama Milliy universitetida “Uzbekistan as a New Member of the WTO: Challenges and Perspectives” mavzusida ma’ruza qildi.

Mashg‘ulotda mezbon universitet professor-o‘qituvchilari Kreyg Parsons, Sekine Takemasa, Daichi Fujita hamda turli mamlakatlardan kelgan doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdi.

Ma’ruzada Jahon savdo tashkilotining xususiyatlari, qoidalari, hozirgi kundagi tendensiyalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zolikning ustunliklari, hozirgi kundagi chaqiriqlar va O‘zbekistonning mazkur nufuzli tuzilmaga qo‘shilish yo‘lidagi tajribasi bo‘yicha fikr almashildi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar