Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ikrom Ergashev Buyuk Britaniyada malaka oshirmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ikrom Ergashev Buyuk Britaniyaning Durham universitetida malaka oshirmoqda.

Malaka oshirish davomida tashkil etilgan uchrashuvlarda Durham universitetidagi ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va mazkur universitetdagi o‘quv va ta’lim jarayoni va ulardagi o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr almashildi.

Bundan tashqari, Durham universiteti vakillari bilan universitetimiz olimlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish, jumladan, hammualliflikda darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif davomida Buyuk Britaniyaning Durham universiteti Huquq maktabi bilan magistraturaning istiqbolli yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish va mazkur universitet professor-o’qituvchilarini TDYU o’quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Malaka oshirsh doirasida ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etildi, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalarini muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: Angliyaning Durham shahridagi Durham universiteti 1832-yilda tashkil etilgan boʻlib, universitet Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan hisoblanadi. Universitet QS xalqaro reytingida huquq bo‘yicha 48-oʻrin egallaydi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar