Polo sport turini ommalashtirish, universitetda sog‘lom turmush tarzini kent targ‘ib qilish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati hamda Polo federatsiyasi rahbariyati o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Polo federatsiyasi rahbariyatining saylovi ham o'tkazildi.
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi Islombek Rustambekov Polo Federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi.
Shuningdek, universitet talabalaridan iborat Alisher Azizxo‘jayev nomidagi "Yuristlar" polo klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.