Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

AQSHning nufuzli “Journal of Legal Education” jurnalida TDYUdagi masofaviy ta’lim haqida maqola chop etildi

AQSHning Boston kolleji Huquq maktabi professori Joan Blumning “O‘zbekiston va AQShda yuridik masofaviy ta’lim jarayonida talabalar faolligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi maqolasi “Journal of Legal Education” nufuzli xalqaro ilmiy jurnalida nashr etildi.

Maqolada pandemiya davrida qisqa muddat ichida TDYUda masofaviy ta’limni tashkil etish borasida qilingan ishlar tahlil qilingan. Muallif AQSH huquq fani oʻqituvchilari Toshkent davlat yuridik universitetidan virtual darslarni o‘tishdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, internetdan foydalanishda imkoniyati bir xil bo‘lmagan talabalar uchun o‘qish sharoitlarining eng samarali texlonogiyalarni qo‘llash borasida o‘rnak olishi mumkinligi alohida ta’kidlangan. Chop etilishiga 4 yil vaqt sarflangan mazkur maqola raqamlashtirish sharoitida har ikki mamlakatning yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun manfaatlidir.

Maqola bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin.
https://jle.aals.org/home/vol72/iss1/8/?utm_source=email&utm_medium=informz&utm_campaign=Journal%20Legal%20Education

Ma’lumot uchun: Joan Blum AQSHning Harvard universiteti (1975) va Kolumbiya Huquq maktabini (1978) tamomlagan. U 2017-yildan beri Toshkent davlat yuridik universiteti bilan turli dasturlar doirasida hamkorlik qilib kelmoqda. 
“Jurnal of Legal Education” (ISSN 0022-2208) esa Amerika huquq maktablari assotsiatsiyasining nashri bo‘lib, “Scopus” ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalanadi. Jurnalning asosiy maqsadi yuridik ta’lim va unga aloqador masalalar, shu jumladan, yuridik kasb, huquq nazariyasi va yuridik fanlar bo‘yicha boy g‘oyalar va ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashdir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar