Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Legal Research Week” o‘tkazilmoqda.
Huquqiy tadqiqotlar haftaligi doirasida Gdansk universitetida ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari haqida ochiq dars tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Gdansk universiteti prorektori, professor Anna Yurkovska-Zeidler, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Magdalena Savich, Gdansk universitetining huquq va boshqaruv fakulteti bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi, professor Edvardas Yuxnevichus olib bordi.
Ochiq darsda Gdansk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ta’lim olish tartibi, ushbu universitetda o‘tiladigan kurslar, kurslarga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar duch kelishi mumkin bo‘lgan boshqa masalalar haqida maʼlumot berildi.