Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Xalqaro ommaviy huquq” darsligi chop etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kun tendensiyalarini hisobga olgan holda tayyorlangan darslikda xalqaro ommaviy huquqning normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari yoritilgan.

Shuningdek, unda xalqaro ommaviy huquqning an’anaviy sohalari bo‘lgan xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi bilan birga, yangi shakllanayotgan xalqaro mehnat huquqi, islom va xalqaro huquqning o‘zaro munosabati, Yevropa Ittifoqi huquqi, xalqaro axborot huquqi, xalqaro ta’lim huquqi, xalqaro tibbiyot huquqi bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Mazkur darslik bilan universitetning Axborot-resurs markazida tanishish hamda universitetga murojaat qilish orqali uni sotib olish mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar