Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasining Yangi O‘zbеkistonning konstitutsiyaviy islohotlaridagi o‘rni: Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tajribasi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan shu mavzuda xalqaro davra suhbati tashkil etildi

Xalqaro anjumanda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari, TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, London Brunel universiteti (Buyuk Britaniya), Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda Universiteti, Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida inson huquqlarining bugungi kundagi dolzarb masalalari, xususan, inson huquqlari sohasida ta’lim, bolalar huquqi, mulk huquqi va boshqa sohalarga doir masalalar muhokama qilindi.

Anjuman ishtirokchilari sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Ma’lumot uchun: mazkur xalqaro davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq tasdiqlangan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi”ning 16-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar