Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi
Markaz haqida

Bizning maqsadimiz:

Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi — Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun samarali, qulay va tezkor xizmat turlarini taqdim etish, shuningdek, universitetning tarkibiy bo‘linmalari hamda professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasida muloqotning yangi formatini joriy etishni amalga oshiradi.

Biz mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘quv jarayoniga oid turli ma’lumotlar berish va “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha universitet talabalariga yuqori sifatli va tezkor xizmatlar ko‘rsatishni maqsad qilganmiz.

Markazning vazifalari:

1) “yagona darcha” tamoyili asosida talabalarga tezkor va sifatli xizmat (davlat xizmati) ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish;

2) universitetda ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish hisobiga talabalarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish;

3) talabalarga “E-universitet” elektron platformasi doirasida o‘quv jarayoniga oid axborot olish xizmatini tashkil qilishda ko‘maklashadi;

4) talabalarga xizmat ko‘rsatishda dasturiy va texnik vositalardan foydalanishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish;

5) ta’lim jarayonida korrupsiyaviy omillar va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha shaffof sharoit yaratishga ko‘maklashish.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o‘z murojaatlarini masofadan turib, elektron tarzda ushbu @t.me/TSULSSCbot telegram bot orqali yuborgan holda markazning barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, mamlakatimiz hamda universitet hayotida sodir bo‘layotgan turli dolzarb ma’lumotlar, o‘quv jarayoniga oid axborotlar va shunga o‘xshash yangiliklar Markazning rasmiy @t.me/Law_SSC telegram kanali orqali muntazam tarqatib boriladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi quyidagi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

1. Talabalarga tegishli ma’lumotlar berish bo‘yicha:

O‘qish joyidan ma’lumot berish (zarur xollarda tashkilot nomi va maqsadi belgilanadi),

-  Talabani o‘qiyotgani sababli xarbiy xizmatga chaqiriqdan cho‘zdirish bo‘yicha ma’lumotnoma,

-  Talabaning shaxsiy hujjatlaridan (shahodatnoma, diplom) ma’lumot (nusxa) olishi,

-  Talabalarning xalqaro va xorijiy davlatlarning grant hamda turli loyihalarida ishtirok etishida ma’lumotnoma berish.

2. Talaba tomonidan beriladigan arizalar bo‘yicha:

-   Talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha arizalar,

-   Yozgi va qishki maktablarda ishtirok etish bo‘yicha va boshqa arizalar.

3. Talabalarga akademik o‘quv jarayoniga oid axborot yordami bo‘yicha:

- Shaxsiy kabinet login va parollarini olish, qayta tiklash,

- Talabalik guvohnomasini (ID Card) berish, yo‘qolgan bo‘lsa qayta tiklash,

- Bitiruvchilarga diplom va ilovasini berish,

- Akademik ma’lumotnoma (transkript) berish.

4. Talabalarga ta’lim jarayoni bo‘yicha maslahat (konsultatsiya) berish bo‘yicha:

- TDYU tashkil etilgan xorijiy til kurslari,

- TDYU talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun turli to‘garaklar, yozgi-qishki maktablar, klublar haqida ma’lumot,

- Talabalar sog‘lig‘ini tiklash va profilaktika ishlari bo‘yicha.

Bizning xodimlarimiz:

Sayidumarov Oybek Tursunxo‘ja o‘g‘li –markaz direktori

Aminov Shaxrizod Umidbek o‘g‘li – uslubchi

Axmedov Jasurbek Muzaffarjon o‘g‘li – uslubchi

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi TDYU 3-o‘quv binosi, katta majlislar zali yonida.

Murojaat uchun telefonlar:         

(97) 742-99-24

(93) 535-12-02

Elektron pochta: info-ssc@tsul.uz

Telegram kanal: https://t.me/Law_SSC

Telegram bot: https://t.me/TSUL_SSC_bot