Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi
Markaz haqida

Bizning maqsadimiz:

Biz universitet talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unligini ta'minlash, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Bugungi kunda biz dunyodagi yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari, xalqaro tashkilotlari va yuridik klinikalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ular orasida Qirg‘iziston Respublikasi Yuridik klinikalar assotsiatsiyasi, Yevroosiyo fondi, BMT taraqqiyot dasturi USAID, AQShning Street Law Inc. Kompaniyasi, BMTning narkotik moddalar va jinoyatchilik nazorati bo‘yicha ofisi UNODC, BMTning rivojlanish dasturi UNDP va AQShning New York Cyracuse universitetlari bor.

Yuridik klinika O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “ESTE PRIME”, Interlex advokatlik firmasi, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Yuridik klinika jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishi davomida 2018-yilning yanvar oyidan 2020-yil noyabr oyiga qadar 1200 nafardan ortiq murojaatlarga javob berilgan. Bundan tashqari, 2020-yilning aprel oyidan telegram ijtimoiy tarmog‘ida @Yuridik_klinika_bot orqali aholining 1500 dan ortiq huquqiy tusdagi savollariga javob berib kelinmoqda.

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish-ustuvor vazifa” shiori ostida Yuridik klinika talabalari, professor o‘qituvchilar bilan birgalikda targ‘ibot tadbirlari, sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bizning loyihalarimiz:

– Street law loyihasi

– “ENG FAOL KLINITSIST” ko‘rik tanlovi

– “Qonunchilikdagi yangiliklar”

– Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

– Onlayn murojaatlar bilan ishlash

Murojaatlar va sayyor qabullar tahlili asosida eng dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha seriyali kichik hajmli ommabop amaliy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Bizning xodimlarimiz:

Narziev Otabek Sa'dievich – Yuridik klinika boshlig‘i

Ubaydullaev Doston Abduniyoz o‘g‘li – Yuridik klinika bosh mutaxasisi

Jamoliddinov Najmiddin Nizomiddin o‘g‘li – Yuridik klinika bosh mutaxassisi

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 124-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1114 (ichki)

Elektron pochta: lawclinic@tsul.uz