Tahririy-nashriyot markazining asosiy maqsadi universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv, ilmiy va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahrir qilish, nashrga tayyorlash hamda chop etish, shuningdek, yurisprudensiya sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini universitetning davriy ilmiy nashrlarida yoritib borishdan iborat.
Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistratura va bakalavriat talabalari tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda boshqa materiallarni tahrir qilish va nashrga tayyorlash.
2. Universitet tomonidan tayyorlanadigan o‘quv, ilmiy va boshqa nashrlarni belgilangan talablar asosida chop etish.
3. Universitetning davriy ilmiy nashrlarini tahrir qilish, nashrga tayyorlash va chop etish.
4. Yurisprudensiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini universitet davriy nashrlarida yoritib borish.
5. Nashr etiladigan materiallarning mazmuni, tili, uslubi va texnik jihatdan rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar bajarilishini ta’minlash.
Markaz tomonidan quyidagi ilmiy-amaliy va tahliliy jurnallar nashrga tayyorlanadi hamda chop etiladi:
· “Yuridik fanlar axborotnomasi – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences”;
· “Yurisprudensiya”;
· “TSUL Legal Report”;
· “O‘zbekiston qonunchiligi tahlili”;
· “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov”.
1. Davriy nashrlar bo‘limi.
2. Tipografiya bo‘limi.