Axborot-resurs markazi
Shiorimiz: Amalga oshirilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda universitet oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda hamkorlik qilish.
Axborot-resurs markazining vazifasi: Axborot-resurs markazi — Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus tuzilmasi bo‘lib, ta’lim sohasida yuksak maqsadlarga erishishda universitetning sherigi hisoblanadi va faoliyatning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi: ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishni ta’minlashda faol ishtirok etadi. Biz professor-o‘qituvchilar va boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda ta’lim va tadqiqot jarayoniga innovatsion va dasturiy yordam beramiz.
ARM fondining to‘plami va tarkibi
Fondni butlash jarayoni universitetning ta’lim yo‘nalishlarini, olib borilayotgan tadqiqotlarni inobatga olgan holda strategik reja bo‘yicha amalga oshiriladi.
Axborot-resurs markazi talabalar, professor-o‘qituvchilar, universitetning ilmiy tadqiqotchilari va keng kitobxonlar ommasiga bibliografik hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatadi.
Kitobxonlarga adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazish va ulardan foydalanish qulayligini yaratish maqsadida ARMAT ++ elektron dasturi asosida elektron katalog shakllantirilgan, shuningdek universitetning library.tsul.uz saytida elektron kutubxona mavjud va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali. https://t.me/tsullibrary.
Huquqshunoslik sohasini rivojlantirishmaqsadida Axborot-resurs markazidajahon miqyosidagi ilmiy va o‘quv ma’lumotlar bazalariga: Westlaw, LexisNexis, Springer. Web of Science, Scopus, Polpred.com. huquqiy ma’lumotlar bazasi bilan shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
2019-yildan boshlab Axborot-resurs markazi Xalqaro universitet kutubxonalari assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi (Dyusseldorf, Germaniya).
Bizning loyihalarimiz
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ma’naviyatni oshirish maqsadida har yili “Eng faol kitobxon guruhi” (“Eng faol kitobxonlar” jamoa a’zolari kurslar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi ) va Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda har oyda “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi.
ARM telegram ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan kanalda har hafta "Tafakkur" viktorinasi va har xil chellenjlar o‘tkaziladi.
Bizning хodimlarimiz
Pirmedova Xaytgul Muxammedovna
Axborot-resurs markazi direktori
Isxakova Nasiba Sanjarovna
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'limi
Direktor o'rinbosari-bo'lim boshlig'i
Kolokina Irina Vladimirovna
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'lim mudiri
Oʻsarov Sherbek Abdumoʻminovich
Elektron axborot resurslari bo'lim mudiri
Sharipova Gulshan Asad qizi
Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bo'lim mudiri
Olimova Zebiniso Yusufovna
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'limi
bosh kutubxonachisi
Yusupov Nozimjon Nabijonovich
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'limi AT bo'yicha yetakchi mutaxassis
Usmonaliyeva Nilufar Mamajonovna
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'limi 1-toifali kutubxonachisi
Xolmatova Iroda Xolmat qizi
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'lim 2-toifali kutubxonachisi
Yuryev Boris Aleksandrovich
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'lim kutubxonachisi
Tolipova Zilola Nabiyevna
Ilmiy-uslubiy va axborot-ma'lumot (davriy nashlar) bo'limi 2-toifali kutubxonachisi
Shamayeva Dilnora Turamurotovna
Ilmiy-uslubiy va axborot-ma'lumot (davriy nashlar) bo'limi 2-toifali kutubxonachisi
Xalin Sergey Aleksandrovich
Elektron axborot resurslari bo'limi elektron kutubxona kutubxonachisi
Bizning kontaktlar:
Bo‘lim manzili:
Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi 12, ARM, №3 o‘quv binosi
Tel: 233-66-36, 1021
Elektron manzili: arm@tsul.uz