Mazkur tanlovda Toshkent davlat yuridik universitetida faoliyat yuritib kelayotgan loyiha, to‘garak va klublar koordinatori bo‘lgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
— universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga yo‘naltirilgan “Eng yaxshi loyiha”;
— talabalarning intellektual salohiyati va huquqiy bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan “Eng yaxshi loyiha”;
— talabalarning ijtimoiy va ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan “Eng yaxshi loyiha”.
Tanlov yakunida har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, quyidagicha mukofotlanadi:
1-o‘rin — diplom va bazaviy stipendiyaning 10 baravari miqdorda pul mukofoti;
2-o‘rin — diplom va bazaviy stipendiyaning 8 baravari miqdorda pul mukofoti;
3-o‘rin — diplom va bazaviy stipendiyaning 6 baravari miqdorda pul mukofoti.
Loyihalar tanlovida ishtirok etishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 2-iyun 17:00 ga qadar TDYU Ma’naviyat va ma’rifat markaziga topshirishi kerak:
- qaysi nominatsiyada ishtirok etishi bo‘yicha ariza;
- 2022/2023-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yig‘ma jildi.