Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Adam Miskevich universiteti 2–4-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan TDYU talabalari 28-mayga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi lozim:

1) akademik transkipt nusxasi;

2) xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;

3) Ingliz tilini bilish sertifikati:

– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;

– IELTS 6.0 va undan yuqori;

– TOEIC 750 va undan yuqori;

– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;

4) boshqa sertifikatlar;

5) bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 1 semestr (2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 20-fevralgacha) hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.