Mazkur dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA kamida 70% bo‘lishi va rus tilini bilishi talab etiladi.
Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishni istagan talabgorlar 10-iyunga qadar quyidagi hujjatlarni dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkript nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar (ixtiyoriy).
Loyiha 1 semestr hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Load More Post...