Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
Nizomga koʻra, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga kirish imtihonlarisiz, suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Mazkur nizom talablaridan kelib chiqib Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha abituriyentlar bilan suhbat 16–18-sentabrda oʻtkaziladi.
Suhbatga chaqirilgan abituriyentlar suhbat kuni o‘zi bilan birgalikda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tavsiyanomaning asl nusxasini olgan holda, jadvalda belgilangan vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti 3-binosiga kelishi kerak.
Load More Post...