Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari uchun Bosh prokuratura rahbariyati ishtirokida “Karyera kuni” oʻtkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faoliyati, tizim uchun kadrlarni tanlash, tayinlash va tarbiyalash hamda faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi.

Uchrashuvda prokuratura tizimida amaliyot o‘tash istagidagi talabalar ishtirok etishi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob olishi mumkin.

“Karyera kuni” 17-sentabr 14:00 da TDYU 3-bino katta majlislar zalida boshlanadi.

——————————