Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi hujjatlarni 20-may 23:59ga qadar b.shamsutdinov@tsul.uz elektron pochtasi yoki @legal_advisor_7 Telegram manziliga yuborishi kerak:
— fotosurat (elektron, 9х12 oʻlchamda, orqa fon oq rangda, jpg/jpeg formatda);
— shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport/ID karta rangli nusxada, pdf formatida);
— nomzod maʼlumotnomasi (doc yoki docx formatida);
— tavsiyanoma (doc yoki docx hamda tasdiqlangan pdf formatida);
— ilm-fan vа innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlar (patent, sertifikatlar, maqtov yorliqlar vа boshqalar, barchasi bir pdf hujjatda jamlangan holda);
— tavsiyanomalar (tasdiqlangan pdf formatida) (agar mavjud boʻlsa);
— ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirish rejalashtirilgan yangi loyiha (bunda ishtirokchi tomonidan oʻzining ilmiy, amaliy, innovatsion, fundamental yoki startap loyihasi);
Maʼlumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar 200 ta soʻzdan koʻp boʻlmasligi lozim.
Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkaziladigan tanlovda g‘olib deb topilgan talabalarning nomzodi ko‘rib chiqish uchun keyingi bosqichga taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni sohiblari bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari (bugungi kun holatida 7,5 mln so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Batafsil… (https://lex.uz/docs/-3924447)
Load More Post...