Toshkent davlat yuridik universiteti va Finlyandiyaning Xelsinki Universiteti (University of Helsinki) hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro anjuman 17-sentabr 10:00 da TDYU 1-bino kengashlar xonasida boshlanadi.
Shuningdek, konferensiyada quyidagi ZOOM-link orqali ishtirok etish mumkin: https://us02web.zoom.us/j/89410333875?pwd=UlloQnEya1hvV2ZwZ1FvWjd2Z0tzZz09
Konferensiya ID: 602 227 9232
Kirish kodi: 25412
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan. Unda ilmiy ishlarini chop etishni istaganlar o‘z materiallarini TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Sardor Zokirov (s.zokirov@tsul.uz)ga yuborishi kerak.