Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Jahon savdo tashkiloti” darsligining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan marosimda professor-o‘qituvchilar, “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti vakillari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etilganidek, “Jahon savdo tashkiloti” darsligi “Renessans kitoblari” loyihasi doirasida Jahon savdo tashkilotining Ma’lumotlar va tashqi aloqalar bo‘limi tomonidan chop etilgan “Understanding the WTO” nashri asosida tayyorlangan.

Darslik Alisher Umirdinov (Nagoya iqtisodiyot universiteti professori), Valijon Turakulov (Akfa universiteti professori), Ahadjon Xakimov (Nagoya universiteti doktoranti), Sarvar Tojiboyev (TDYU “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi), Sayidkomil Ibodullayev (TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o‘qituvchisi), Azizbek Toyirov (TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi), Doniyor Abduazizov (Kyushu universiteti magistranti) tomonidan hammualliflikda o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Mazkur darslik “JST huquqi” moduli doirasida talabalar uchun zarur manba sifatida xizmat qiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar