Sayohat davomida Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari Toshkent davlat yuridik universiteti, xususan, universitetning Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofis), Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishdi.
O‘g‘il-qizlar universitet muzeyi ham tashrif buyurib, bu yerdagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga universitetda yo‘lga qo‘yilgan klub va to‘garaklar haqida ma’lumot berildi.