Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakulteti tashabbusi bilan huquqiy yozuv uslubini rivojlantirish hamda huquqiy masalaga IRAC metodidan foydalangan holda javob yozish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida darsdan tashqari mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar 2-noyabrda universitetning 4-binosida bo‘lib o‘tadi va unda 1-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.