Yuridik fanlari doktori, professor Ozod Husanov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan anjuman 10-noyabr 15:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.
Ozod Husanovning tajribalarini o‘rganish, uning ilmiy faoliyati va hayot yo‘li haqida yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etilayotgan davra suhbatida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, Ozod Husanovning shogirdlari va talabalar ishtirok etadi.