Platformaning asosiy maqsadi internet jahon axborot tarmogʻida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish va zararli axborotdan himoya qilishdir.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tenglik g‘oyalarini rivojlantirish hamda mamlakat bo‘ylab yosh va shijoatli yigit-qizlarni birlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlarga ega interaktiv ijtimoiy platformadan 13 ta yo‘nalishda foydalanish mumkin.