Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022/2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti TDYU talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qiladi

Mazkur akademik modillik dasturi orqali talabalar 2022-2023-o‘quv yili bahorgi semestrida hamkor xorijiy universitetda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dasturda 5 yoki undan ortiq TDYU talabalari ishtirok etishi mumkin.

Akademik mobillik dasturi doirasida xorijiy universitetda o‘qishni istagan talabalar 20-dekabrgacha quyidagi hujjatlarni TDYU Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga taqdim etishi kerak:

1. Chet elga chiqish uchun pasportning shaxsiy ma'lumotlari ko‘rsatilgan varaqning nusxasi;
2. Ariza; 
3. Akademik transkript nusxasi;
4. O‘qish joyidan ma’lumotnoma;
5. Til bilish sertifikati;
6. 3x4 surat ( surat elektron formatda bo‘lishi kerak, uning skanerlangan varianti qabul qilinmaydi);
7. Tasdiqlangan o‘quv rejasi;
8. Tibbiy ma’lumotnoma (roentgen tasvirlari bilan).

Hodisalar

Barcha e'lonlar