“Mohir ustoz va ardoqli muallim” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda TDYU professor-o‘qituvchilari va xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Ilyuza Mirzayevaning shogirdlari va talabalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ustozning mehnat yillari haqida so‘z yuritib, uning mamlakatimizda huquqiy ta’limning rivojiga qo‘shgan hissasini yodga oldi.
Ma’lumot uchun: Ilyuza Mirzayeva 1991—2005-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Rus tili” (keyinchalik “Rus va o‘zbek tili”) kafedrasining birinchi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.