Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” xalqaro musobaqasining Markaziy Osiyo raundi boshlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” xalqaro musobaqasi Markaziy Osiyo raundining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro musobaqaning ochilish marosimida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov va Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi o‘rinbosari Alice Wolker so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ma’lumot uchun: xalqaro musobaqaning Markaziy Osiyo raundida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti (Qirg‘iziston), B.Yelsin nomidagi Qirg‘iz-Rossiya slavyan universiteti (Qirg‘iziston), “Ala-Too” xalqaro universiteti (Qirg‘iziston), M.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog‘iston) jamoalari ishtirok etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar