Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari pedagog xodimlari uchun masofaviy seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Uzluksiz ta'lim boshqarmasi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro NNT bilan hamkorligida tashkil etilgan mashg‘ulotlar “Street law”ning yuridik o‘quv dasturlari bo‘yicha maslahatchisi Amy Wallace, Nyu-York yuridik maktabi professori Kris Franklin, “Street law” bo‘yicha maslahatchi, huquqshunos Andrew Perkins hamda TDYU “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti v.b. Kamola Aliyeva tomonidan olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarga darsni tashkil etish va bu jarayonda interaktiv metodlardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.

Masofaviy seminar-treninglar joriy yilning may oyiga qadar davom etadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar