Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti hamda “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda Adliya vazirligi, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari, TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda “Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarida ta’limning ahamiyati”, “Inson huquqlari — oliy qadriyat”, “Sudlar faoliyatida inson huquqlarni himoya qilishdagi muammolar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Anjuman davomida talabalar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.