Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU xodimlari “Jessup Moot”da ilk bor hakamlik qilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari ilk marotaba “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition” tanlovining xalqaro raundlarida hakamlik qilish uchun taklif etildi. Universitet vakillari xalqaro tanlov ishtirokchilarining og‘zaki chiqishlarini baholab boradi.

Xalqaro raundlarda hakamlik qilish uchun malakali amaliyotchi yuristlar, professor-o‘qituvchilar, xalqaro tashkilotlarning yuristlari va xalqaro sudlarning sudyalari taklif etilgan.

Joriy yilda TDYUning quyidagi xodimlari “Jessup Moot”ning xalqaro raundlarda hakamlik qilmoqda:

Dilshodjon Umarov — TDYU xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta'lim bo‘yicha prorektori;
Dildora Umarxonova — TDYU “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti dekani;
Sayidkomil Ibodullayev — TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar