Toshkent davlat yuridik universitetida “Yurisprudensiya yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining sud-huquq sohasidagi islohotlarga oid ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), AQSH xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID)ning “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida universitetda ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Tanlov g‘oliblarini tabriklashda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doina Munteanu ishtirok etdi.