Toshkent davlat yuridik universitetida “Scopus va Web of Science ilmiy texnik bazalarida mehnat va ijtimoiy ta’minot huquqi sohasidagi ilmiy maqolalar yozish tartibi va uning bosqichlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Professor-oʻqituvchilar uchun oʻtkazilgan mashgʻulotni Scopus va Web of Science ilmiy texnik bazalarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universiteti ilmiy tadqiqotlar boʻyicha prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Yermek Buribayev hamda mazkur universitet professori, yuridik fanlari doktori Janna Xamzina olib bordi.
Mashg‘ulotda ilmiy maqola yozish usullari, mavzu tanlash, maqolalarni jurnallarga berish tartibi va bosqichlari haqida ma’lumot berilib, hozirda professor-o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va tushunmovchiliklar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Yermek Buribayev — Web of Science, Scopus ilmiy-texnik bazalarida indekslangan xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan 51 ta maqola muallifi. Scopus bazasi bo‘yicha Xirsh indeksi — 12, WoS bazasi bo‘yicha Xirsh indeksi — 4 ni tashkil etadi. Elsevier-Scopus va Mont RK xalqaro kompaniyalari tomonidan 2018- va 2019-yillarda ikki marta “Best Researcherin Social Sciences” nominatsiyasida “Ijtimoiy fanlar bo‘yicha eng yaxshi tadqiqotchi” deb tan olingan.
Janna Hamzina — Scopus va Web of Science ilmiy-tadqiqot bazalarida indekslangan xalqaro jurnallarda chop etilgan 33 ta maqola muallifi. Scopus bazasi bo‘yicha Xirsh indeksi — 9. Elsevier-Scopus xalqaro kompaniyasi tomonidan 2018-yilda Scopus Award Ceremony marosimida “Best Researcherin Social Sciences” nominatsiyasida “Ijtimoiy fanlar bo‘yicha eng yaxshi tadqiqotchi” deb tan olingan.