Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

CUDCning uchinchi mavsumi universitetlararo debatlar bilan boshlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan munozaralarda TDYU, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Moskva davlat xalqaro aloqalar institutining Toshkent shahridagi filialidan 50 nafardan ziyoq talaba ishtirok etdi.

Talaba-yoshlarning sohaviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliyotda qo‘llashi uchun imkon berish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yigit-qizlarning notiqlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tanlov rus va ingliz tillarida o‘tkazildi.

CUDCning uchinchi mavsum birinchi o‘yinlari yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

Rus tilida munozara olib borgan jamoalar o‘rtasida:
1-o‘rin — “Feliks” jamoasi (TDYU);
2-o‘rin — “Shen-li” jamoasi (JIDU);
3-o‘rin — “K-2” jamoasi (TDYU).

Ingliz tilida munozara olib borgan jamoalar o‘rtasida:
1-o‘rin — “Apollo-11” jamoasi (TDYU);
2-o‘rin — “Perfection” jamoasi (TDYU);
3-o‘rin — “Albion” jamoasi (JIDU).

G‘olib va sovrindorlar sertifikat hamda pul yutuqlari bilan taqdirlandi.