Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjatlarni topshirish muddati 22-oktabrga qadar uzaytirildi

Xabaringiz bor, ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq Yagona elektron tizimi — phd.mininnovation.uz orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.

Ushbu jarayon 15-sentabrdan 15-oktabrgacha etib belgilangan edi.

Biroq talabgorlarga hujjat topshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 2023-yil uchun oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshgani, kvotalar tasdiqlanishi kechikkanini hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanuvchi talabgorlar tomonidan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjatlar topshirish muddati 22-oktabriga qadar uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq Yagona elektron tizimi — phd.mininnovation.uz orqali talabgorlar tomonidan yuborilgan hujjatlar ular topshirilgan tashkilot tomonidan koʻriladi, qabul qilinadi yoki rad etiladi.