Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi “Chet tillar o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik nazariyasi” ilmiy maktabi tomonidan tashkil etilayotgan seminarni SES mutaxassisi, Myunxen texnika universiteti (Germaniya) professori Beate Rattay Ferste olib boradi.
Ilmiy seminar 19-oktabr 11:00 da TDYU 3-bino 221-xonada bo‘lib o‘tadi.