Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda 2023-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura institutlariga qabul davom etmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti 2023-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura institutlariga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul davom etmoqda:
12.00.01 - Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi — 3 ta PhD;
12.00.02 - Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya huquqi — 5 ta PhD va 1 ta DSc;
12.00.03 - Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq — 6 ta PhD va 1 ta DSc;
12.00.04 - Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya — 2 ta PhD;
12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi — 2 ta PhD;
12.00.06 - Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq — 2 ta PhD;
12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura — 2 ta PhD;
12.00.08 - Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi — 6 ta PhD;
12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi — 3 ta PhD
12.00.10 - Xalqaro huquq — 3 ta PhD

Nomzodlardan hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga tayanch doktorant sifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lish;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lish.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga (elektron tartibda phd.mininnovation.uz sayti orqali) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
chet tilini bilish sertifikati IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo‘lmagan) va boshqa;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga doktorant sifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalariga ega bo‘lish;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lgani to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 35 uy, TDYU, Ilmiy boshqarma.
Tel.: 233-66-36. Ichki: (1042, 1043)