Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida Xalqaro tarmoq instituti (MSI)ning “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT)” sohasida “Ta’lim va karyera” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Xalqaro ko‘rgazmada MDH va BRIKS tashkilotiga a’zo mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari vakillari, maktab o‘quvchilari, talabalar, xalqaro ekspertlar, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni, ilmiy salohiyat, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Nufuzli ko‘rgazma doirasida oliy taʼlim muassasalari vakillari oʻrtasida ishchi uchrashuvlar tashkil etilib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.