Toshkent davlat yuridik universitetida “Nutq uchun matn tayyorlash, axborotlarni tizimlashtirish va buning yuristlar hayotidagi o’rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etilmoqda.
“TSUL jurnalistika” klubi doirasida tashkil etilayotgan mashg‘ulot 15-oktabr 11:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.
Mashg‘ulotni jurnalist, TDYU magistranti Rushana Aliakbarova olib boradi.
Mahorat darsida talabalar uchun mavzuga doir qiziqarli va foydali ma’lumotlar beriladi.