Toshkent davlat yuridik yuridik universiteti rektori Rahimjon Xakimov Buxoro viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor ta’lim muassasasidagi o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilar turar joyi, axborot-resurs markazi faoliyati, sport zalining moddiy-texnik ta’minlanganlik holati bilan yaqindan tanishdi hamda yuridik texnikumning o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida texnikumda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilinib, ishtirokchilarning bu boradagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Rektor tomonidan o‘quvchilar turar-joyini zamonaviy loyihalar asosida qayta jihozlash, texnikumning elektron axborot kutubxonasini Toshkent davlat yuridik universiteti elektron axborot kutubxonasi bilan yagona elektron platformaga ulagan holda faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida R.Xakimov yuridik texnikum o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.